16:36 / 15.08.2017
68813

O‘ta xavfli 7 daryo: ularga ikkinchi marta tushmasligingiz aniq!

Inson havosiz yashay olmagani kabi suvsiz ham halok bo‘ladi. Shuning uchun ham daryolar sayyoramizning suv arteriyalari nomini olgan, biz imkon qadar ularni asrashga harakat qilamiz. Biroq tabiat har doim ham insoniyatning qayg‘usi bilan hisoblashib o‘tirmaydi. Dunyoning eng yirik daryolari bir vaqtning o‘zida qutqaruvchidan shafqatsiz qotilga aylanishi mumkin, shu bois ularning yonida doim ehtiyot bo‘lgan yaxshi. Don'tPanic eng xavfli daryolarga oid ma'lumoti bilan bo‘lishdi

Amazonka

Bu yerda cho‘milish - o‘zingizni yo‘lbars iskanjasiga otish bilan barobar. Amazonka suvlari juda makkor, mahalliy baliqlar esa insonni dahshatga tushirishi aniq. Bir harakat bilan odamlarni ikkiga bo‘lib tashlashga qodir anakondalar, ulkan ilonlarni-ku gapirmasa ham bo‘ladi!

Kern daryosi

Kaliforniyadagi bu daryo ekstremal hordiqni xush ko‘ruvchi ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Ko‘pchilik bu suv havzasining tubida manguga qolib ketadi... 2014 yilda 9 boladan iborat guruh kattalar hamrohligida bu yerga kelib, suvga g‘arq bo‘lgan. 2017 yilda esa daryo sakkiz kishini o‘z domiga tortdi. 

Niger

4180 km uzunlikka ega bu daryo qirg‘oqlaridan toshib ketganida atrofdagi hamma narsa vayron bo‘ladi. Shaharni yuvib ketadi, qishloq xo‘jalik yerlari esa chirigan botqoqqa aylanadi. 2010 yilda ro‘y bergan suv toshqinidan keyin millionlab afrikaliklar ochlikdan halok bo‘lishgan. 

Mekong

Mekongning uzunligi - 4350 km. Bu daryo Xitoy, Laos, Kamboja, Vetnam, Birma va Tailand orqali oqib o‘tadi. Butun daryo bo‘ylab xavfli siam timsohlari suzib yuradi. Mekongda tez-tez suv toshqinlari kuzatiladi: eng oxirgisi 2000 yilda bo‘lib, 130 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. 

Kongo

Bilasizmi, mahalliy qabilalar Kongoni qanday atashadi? Zulmat yuragi! Yovvoyi oqim va daryo uchun mislsiz chuqurlikka ega bo‘lgani tufayli bu yerda navigatsiya qilib bo‘lmaydi. Daryoning chuqurligi ba'zi joylardagi 220 metrga yetadi. 

Qizil daryo

Daryo Amerikaning bir necha janubiy shtatlarini kesib o‘tadi. Bu yerning oqimi juda xavfli. Qizil daryoning suvida cho‘milishni istagan odam kutilmaganda paydo bo‘ladigan "o‘ramalar" bilan uchrashishga tayyor turishi kerak: bunday "o‘ramalar" bir necha soniyada sizni daryoning tub-tubiga tortib ketishi hech gap emas. 

Xuan Xe

Uzunligi bo‘yicha Osiyoda uchinchi o‘rinda turuvchi Xuan Xe dunyoning eng xavfli va vayronkor daryolaridan biri hisoblanadi. Xuan Xening ikkinchi nomi - Qayg‘u daryosi. U so‘nggi 10 yilda o‘z yo‘nalishini 26 marta o‘zgartirgan, bu esa 1500 suv toshqinini keltirib chiqargan. Natijada bir necha million kishi halok bo‘lgan. 

Top