19:50 / 16.08.2017
20008

Tojikistonlik maktab o‘quvchilariga hijob va soqol taqiqlandi

Foto: ca-news.org

Tojikiston ta'lim vazirligi maktablarda ta'lim oluvchi o‘quvchi-qizlarga hijob kiyish, o‘g‘il bolalarga esa soqol qo‘yishni taqiqladi. Bu haqida idora matbuot xizmatiga asoslanib, "Xovar" agentligi ma'lum qildi. 

"Tojikistonlik o‘quvchi-qizlarga maktabda ta'lim olish davomida hijob, tor, yirtiq jinsi, kalta yubka kiyish, quloqning faqat bir tomoniga zira taqish, ko‘zga tashlanadigan tarzda bo‘yanish taqiqlanadi. O‘g‘il bola o‘quvchilarning soqol qo‘yishi, sochlarini o‘stirishi, zirak taqishi, tirnoq o‘stirishi mumkin emas, jinsi shimlarga faqat qishki mavsumda ruxsat beriladi", - deyiladi xabarda. 

Agentlikning aniqlik kiritishicha, ta'lim vazirligi o‘quvchilarga shuningdek tatu soldirish, reklama yozuvli va boshqa mamlakatlarning davlat ramzlari tushirilgan futbolkalarni kiyishni taqiqlaydi. Mashg‘ulotlarga sport kiyimida kelish mumkin emas, jismoniy tarbiya darsi bundan mustasno. 

Ta'lim vazirligi maktab formasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilishni tavsiya qildi, biroq bu majburiy emas. 

Mavzuga oid
Top