23:30 / 17.08.2017
61239

Yangi o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun kontrakt puli oshmaydi

Kun.uz muxbiri O‘zbekistondagi mahalliy oliy ta'lim muassasalarida talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan abituriyentlar, o‘qishning keyingi bosqichida ta'limni davom ettirayotgan talabalar murojaati asosida 2017/18 yilgi o‘quv mavsumida o‘qishlarda to‘lov-kontrakt summasi qancha bo‘lishi masalasiga qiziqdi.

«Joriy 2017/18 yil o‘quv mavsumida OTM belgilangan to‘lov-kontrakt summasi o‘zgarmay qoladi, avvalgi belgilangan summa bo‘yicha to‘lov-kontrakt summasi qabul qilinadi. Bu holat faqat davlat imtihonlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plab talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tegishli bo‘lib, kira olmagan, lekin o‘qish istagida bo‘lganlar uchun qo‘shimcha to‘lov-kontrakti belgilangan», — deydi Oliy ta'lim vazirligi Moliya boshqarmasi boshlig‘i Buzrukxonov Sarvarxon.

Eslatib o‘tamiz, 2017/18 yil o‘quv mavsumida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar joriy yilning 15 sentabrigacha belgilangan summaning kamida yarimini (bir semestr uchun) to‘lashi shart.

Shunday qilib, kontrakt miqdori quyidagicha bo‘ladi:

Gumanitar yo‘nalishlar:

1) Pedagogika, kasb-hunar ta'limi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) San'at: bakalavriat — 7 900 000 so‘m
3) Gumanitar fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
3.1)Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima va amaliyot nazariyasi, o‘zbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
3.2) Jahon siyosati: bakalavriat — 9 850 000 so‘m
4) Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so‘m

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:

1) Ijtimoiy fanlar va psixologiya: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) Jurnalistika va axborot: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
3) Iqtisodiyot: bakalavriat — 8 800 000 so‘m
3.1) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: bakalavriat — 9 850 000 so‘m
4) Huquq: bakalavriat — 9 850 000 so‘m

Ishlab chiqarish va texnika sohasi:

1) Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyasi: bakalavriat — 6 650 000 so‘m
2) Kompyuter va informatika texnologiyasi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
2.1) AKT sohasidagi iqtisodiyot va menejment: — 8 800 000 so‘m
3) Arxitektura va qurilish: — 7 250 000 so‘m

Qishloq va suv xo‘jaligi:

1) Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi boshqaruvi, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya: bakalavriat — 6 650 000 so‘m

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot:

1) Sog‘liqni saqlash: bakalavriat — 8 800 000 so‘m
2) Ijtimoiy ta'minot: bakalavriat— 6 650 000 so‘m

Xizmat ko‘rsatish sohasi:

1) Xizmat ko‘rsatish sohasi: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
2) Sport faoliyati: bakalavriat— 6 650 000 so‘m
3) Transport: bakalavriat — 7 250 000 so‘m
4) Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi: bakalavriat— 6 650 000 so‘m.

Abituriyentlar diqqatiga: Qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

Top