16:57 / 25.08.2017
11075

Angliya Premer-ligasining barcha davrlar uchun ramziy termasi tuzildi

Foto: Reuters

BBC telekanali Angliya Premer-ligasining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasini ma'lum qildi. U Premer-ligada qachonlardir o‘ynagan futbolchilardan tuzilgan.

Ta'kidlanishicha, futbolchilar Premer-liganing 25 yilligiga bag‘ishlangan ovoz berish jarayoni orqali tanlab olindi.

Darvozabon: Peter Shmeyxel («Manchester Yunayted»);

Himoyachilar: Eshli Koul («Arsenal»/«Chelsi»), Jon Terri («Chelsi»), Rio Ferdinand, Geri Nevill (har ikkisi - «Manchester Yunayted»);

Yarim himoyachilar: Rayan Giggz, Pol Skoulz, Krishtianu Ronaldu (barchasi — «Manchester Yunayted»), Stiven Jyerrard («Liverpul»);

Hujumchilar: Terri Anri («Arsenal»), Alan Shirer («Nyukasl»).

Top