12:17 / 26.08.2017
27950

Xalq ta'limi vazirligi majburiy mehnat bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning KUN.UZ sayti muxbiri bilan suhbati e'lon qilinganidan so‘ng ba'zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalaga noxolis yondashish, intervyuning ayrim qismlarini konteksdan ajratib noto‘g‘ri talqin qilish holatlari uchramoqda, deb xabar berdi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Xalq ta'limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro‘sini oshirish yo‘lidagi ishlarini davom ettiradi.

Ta'kidlanishicha, vazirlik qonunchilikda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so‘zsiz amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KUN.UZ tahririyati O‘zbekiston Xalq ta'lim vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi. Suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola bo‘yicha tomosha qilish mumkin.

Top