16:34 / 28.08.2017
18246

Kelajakda pullarni iqtisod qilib qolish uchun 7ta xarid ro‘yxati

Foto: Twitter

Aqlli xarid - yorug‘ kelajak uchun qo‘yilgan ilk qadam va o‘z vaqtida investitsiya. Aqlli xarid orqali sotib olingan mahsulot yoki xizmatlarning sizga uzoq yillar foydasi tegishidan tashqari, fursat o‘tgani sari ular o‘zining tan narxini to‘liq oqlaydi. Maosh olish vaqti yaqin qolgan ekan, bayram arafasida chiroyli baland poshnali oyoq kiyim yoki yangi ko‘ylak o‘ziga ohanrabodek tortishi mumkin, ammo kelajakdagi o‘zingiz quyidagi 7ta xaridni o‘z vaqtida amalga oshirganingiz uchun rahmat aytadi.

1. Kofe-mashina

Zamon o‘zgarib borar ekan, erta tongda ishga shoshilish, yo‘l-yo‘lakay qaynoq yoki shokoladli qahva sotib olish xohishi tug‘ila boshlaydi. Agar hisoblab chiqilsa, AQShda har tong ishxona sari yo‘lda xarid qilingan qahva uchun bir kishi umri davomida taxminan 100 ming AQSh dollari sarflaydi. Agar kofe-mashinasini xarid qilish uchun (u esa arzon matoh emas) qunt bilan pul yig‘ib borsangiz, aqlli xaridlarning birinchisini amalga oshirgan bo‘lasiz.

2. Kostyum

Savlatingizga yarashib turadigan biznes yoki kechalar uchun kostyum sotib olishingiz shart! Bu turdagi xarid, u qadar boshni aylantirib qo‘yadigan darajada muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin, ammo unga ko‘p zaruriyat tug‘iladi. Ayniqsa, siz karera qurish yo‘lidan ildamlab borar ekansiz, albatta sifatli va xushbichim kostyum kerak.

3. Qattiq disk-xotira

Kompyuter va smartfondagi ma'lumotlar bazasini arxivlab qo‘yish, qimmatli ma'lumotlarni to‘plash va olib yurish uchun sizga aynan qattiq disk-xotira kerak. Uncha qimmat bo‘lmagan disk sizga uzoq yil xizmat qilishi tayin.

4. Noutbuk

Zamonaviy shaxsning asosiy ish quroli noutbuk hisoblanadi. Shunday ekan, siz o‘zingizga uzoqqa chidamli, baquvvat komponentlardan tashkil topgan noutbukni xarid qiling. Oylik maoshdan 3-4 oy iqtisod qilib, uzoq yil xizmat qiluvchi, yuqori sifatga ega noutbuk olsa bo‘ladi. Shuningdek, maishiy texnika krediti asosida xarid qilib, har oy ma'lum miqdorda pul to‘lab borishingiz ham mumkin.

5. Toza suv filtrlovchi apparat

Ichimlik suvi tez orada global muammolar ro‘yxatida peshqadam bo‘lishi kutilmoqda, aholi sonining oshib borishi hamda suv resurslarining cheklangani bizni organizm uchun shart bo‘lgan suyuqlikni tanlab ichishga majbur qiladi. Bu turdagi xarid sog‘liq uchun, hamyonga ham ziyon keltirmaydi.

6. Internet kurslari

Axborot asrida ma'lumotlar tez eskirib, yangi bilimlar paydo bo‘lmoqda va bu sizni yangi cho‘qqilarni zabt etishga chorlaydi. E'tibor qilib qarasangiz, ish soatidan so‘ng, ya'ni 18dan 22gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ko‘p vaqt besamar o‘tib ketadi. Shuning uchun arzon va qulay imkoniyatlar taqdim etadigan internet kurslariga yozilishingizni tavsiya etamiz.

7. Sayohat

O‘rta yoshda har qanday kishi yangi xalq va madaniyat, tizimlarni o‘rganishga katta ehtiyoj his etadi. Bularning barchasini ro‘yobga chiqarishga sayohat uchun birozdan mablag‘ yig‘ib boring, balki bu umringizda qilgan eng katta «aqlli xarid» bo‘lib qolar...

Mavzuga oid
Top