10:39 / 28.08.2017
4759

Quyichirchiqda 5 bosh qoramolni olib ketib, egasini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Foto: KUN.UZ

Quyichirchiqda 5 bosh qoramolni olib ketib egasini chuv tushirgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB.

Ma'lum bo‘lishicha, Quyichirchiq tumanida, 2017 yilning 26 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz Sh.N. firibgarlik yo‘li bilan tanishi, Quyichirchiq tumanida  yashovchi, vaqtincha ishsiz T.Z.ni uyida ishonchini suiste'mol qilib, «tez orada pullarini beraman» – deb aldab, undan umumiy narxi taxminan 9.500.000 so‘m bo‘lgan 5 bosh qora mollarini olib, pullarini shu kunga qadar qaytarib bermagan. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan firibgarlik qilganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

Top