00:24 / 30.08.2017
19219

Boks, JCh–2017: Aljanov yana mahv etildi - Bektemir Meliqo‘ziyev oltinchi yarimfinalchimiz

Foto: AIBA

Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tkazilayotgan jahon chempionati chorakfinal o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ma'lumki, bugun bo‘lib o‘tayotgan chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

81 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jangda hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevga qozog‘istonlik Yerik Aljanov raqiblik qildi. Bektemir Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finalidagidek, bu raqibi ustidan yana to‘liq ustunlik qildi va 3:2 hisobida yutdi va yarimfinalga yo‘l olgan oltinchi ishtirokchimiz bo‘ldi.

Hakamlarning ushbu jangga raundlar bo‘yicha qo‘yilgan yakuniy bali quyidagicha bo‘ldi:

Kuba - 28:29, Belarus - 29:28, Daniya - 28:29, Avstraliya - 28:29, Germaniya - 30:27

Eslatib o‘tamiz, bugun vakillarimiz ishtirokida bo‘lib o‘tgan dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov  hindistonlik Amit Kumarni 5:0, 64 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Iqboljon Xoldorov germaniyalik Artyom Harityunyanni 3:2 hisobida yengib yarim finalga yo‘l olishgan edi.

Chorakfinalning 75 kg.gacha bo‘lgan vazn toifasida Isroil Madrimov AQSh vakili Troy Aysliga qarshi ringga ko‘tarildi va ochkolar bo‘yicha 2:3 hisobida yengildi.

So‘ngra 91 kg.gacha bo‘lgan bokschilar ishtirokida chorakfinal jangida ishtirok etgan 19 yoshli vakilimiz Sanjar Tursunov niderlandiyalik Roy Korvingga qarshi jang o‘tkazdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

52 kg.gacha bo‘lgan chorakfinal jangida hamyurtimiz Jasurbek Latipov kolumbiyalik Seyber Avilaga qarshi ringga chiqdi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

60 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida kechgan jangda hamyurtimiz Elnur Abduraimov gurjistonlik bokschi Otar Eranosyanga qarshi jang o‘tkazdi va 5:0 hisobida yutqazdi.

69 kg.gacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida kechgan juda chiroyli jangda Shahram G‘iyosov angliyalik Pet MakKormakdan to‘liq ustunlik qildi va 5:0 hisobida yutdi.

 

Chorakfinalchilarimizdan faqat o‘ta og‘ir vazn toifasida qatnashayotgan Bahodir Jalolovning jangi qoldi:

91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55

Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)

Mavzu
Boks. JCh-2017

25 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida Boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasiga start berildi. 25 avgustdan 2 sentabrgacha Hamburg shahri AIBA World Boxing Championship-2017 musobaqasiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi kamsonli mamlakatlar singari to‘liq tarkibda ishtirok etadi. 

Barchasi
Mavzuga oid
Top