14:43 / 04.09.2017
8749

Audi ijtimoiy tarmoqlar qotilga aylanib borayotganini suratlarda namoyish etdi

Foto: vueltas.com

Audi avtomobillar ishlab chiqaruvchisi Saatchi & Saatchi Bulgaria agentligi bilan hamkorlikda xavfsiz boshqaruvga doir bosma reklama kampaniyasini yo‘lga qo‘ydi. Plakatlar rul boshqarib smartfondan foydalanish yo‘llarni qabul qilishni qiyinlashtirishini namoyish qiladi. Kampaniya haddan tashqari o‘ziga ishongan haydovchilarga yo‘naltirilgan. BigPicture ushbu "so‘zlovchi" suratlar bilan bo‘lishdi.

Foto: Designyoutrust.com

Birinchi plakatda manzarali asfalt yo‘l tasvirlangan, undagi keskin burilishni Instagram'dagi surat to‘sib turibdi. 

Foto: Designyoutrust.com

Ikkinchi rasmda haydovchi telefonda onasi bilan suhbatlashib turib, temir yo‘lni payqamay qoladi. 

Foto: Designyoutrust.com

Uchinchi plakatda haydovchi o‘zidan tashqari yana bir hayotni xavf ostiga qo‘yadi: Facebook lentasini tomosha qilib turib, yo‘lga yugurib chiqqan kiyikni ko‘rmay qoladi. 

Mavzuga oid
Top