18:54 / 16.09.2017
7068

Agrar universiteti Xitoyning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha OTM va tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Foto: Agrar universiteti

2017 yilning 7 iyulidan – 4 sentabriga qadar Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Xitoy Savdo-sanoat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Training Course on Bee, Grain and Oil Crops Boosting Comprehensive Technology for Developing Countries 2017” mavzusida Xitoyning Xunan viloyati Chansha shahrida xalqaro o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur halqaro o‘quv-seminarini o‘tkazishdan maqsad, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida qishloq xo‘jaligining moyli va dukkakli ekinlar, asalarichilik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiya bazalari bilan tanishish va soha rivojiga yo‘naltirishdan iboratdir.

Mazkur xalqaro o‘quv-seminar XXR Xunan viloyati “Hunan Agricultural Group Co Ltd.” tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro o‘quv-seminar doirasida dunyoning rivojlanayotgan 14 ta: Xitoy, O‘zbekiston, Gruziya, Nepal, Shri-Lanka, Keniya, Zimbabve, Eritriya, Sudan, Panama, Samoa, Grenada, Yamayka davlatlaridan ishtirokchilar ishtirok etishdi.  

Xalqaro o‘quv-seminar doirasida Xunan agrar universiteti, “Hunan Grain Group Limited Liabity Company”, “Beeboy company”, “Hunan Camellia Co Ltd,”, “Hunan Tea Co Ltd,”, “Hunan chenzhonou Grain and Oil Machinery Co Ltd,”, “Huimei Agricultural Science and Tehnology Co.Ltd.”, “Hunan Guangy Grain and Oil cotton Co Ltd.”, “He Dong Ting”, “Soybean Co Ltd.” tashkilotlarida va dehqonchilik sharoitida asalarichilikni rivojlantirish dalasida tajriba almashish, malakali mutaxassislar bilan o‘quvlar olib borildi.

Foto: Agrar universiteti

Mazkur xalqaro o‘quv-seminarda Toshkent davlat agrar universitetning “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi dotsenti Aktam Azizov, assistentlar Musurmon Ochilov  hamda “O‘rmon xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar” fakulteti, “Manzarali bog‘dorchilik va ekologiya” kafedrasi assistenti Farida Kuldashevalar ishtirok etib qaytishdi.

Xalqaro o‘quv-seminar yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro toifadagi sertifikatlar taqdim etildi.

 

Top