13:46 / 18.09.2017
13547

Lombardning ishga shayligini MB tasdiqlaydi

Foto: gornovosti.ru

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (2017 yil 6 sentabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Lisenziya uchun MB boshqarmasi xulosasi zarur
 
Endilikda litsenziya olish (joylashgan joyi o‘zgarganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish) uchun talabnoma berish paytida lombardda Markaziy bank tegishli hududiy boshqarmasining quyidagilar to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lishi kerak:
 
•  lombard binoci va undagi kassa xonalarining texnik jihatdan mustahkamligi va qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiya vositalari bilan jihozlanganligi;
•  axborot tizimlarining o‘zaro ishlashi va almashinuvini ta'minlash maqsadida sifatli aloqa liniyasi mavjudligi;
•  buxgalteriya hisobi amaliyotlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik talablarga mos keluvchi dasturiy ta'minot bilan ta'minlanganligi.
 
Lombardga kim rahbarlik qilishi mumkin?
 
Aniqlashtirilishicha, lombardning ijro etuvchi organi rahbari lavozimiga tavsiya etiladigan nomzodlar oliy iqtisodiy ma'lumotga va bank yoki boshqa moliya sohasida yetarli ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
 
Shuningdek hujjatga ayrim boshqa o‘zgartirishlar kiritildi.

Top