00:44 / 29.09.2017
25129

Dollar millionerlari paydo bo‘lishi sur'atlari bo‘yicha yetakchi davlat ma'lum qilindi

Foto: REUTERS

Rossiya dollar millionerlari paydo bo‘lishi sur'atlari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda. Bundan Capgemini konsalting kompaniyasining World Wealth Report 2017 tadqiqoti darak bermoqda.

"Rossiyada badavlat odamlar ham, ularning boyligi darajasi ham taxminan 20 foizga oshgan, bu esa barcha davlatlar orasida eng katta ko‘rsatkichdir", deyilgan xabarda. 

Tadqiqotga ko‘ra, boyligi 1 mln dollardan oshadigan rossiyaliklar 182 ming kishini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya dunyo bo‘yicha 15-o‘rinni egallamoqda. 1-o‘rinni esa AQSh 4,8 mln millioner bilan egallamoqda. Keyingi o‘rinlari Yaponiya (2,9 mln kishi), Germaniya (1,2 mln) va Xitoy (1,1 mln) egallagan. 4 ta yetakchi davlat hisobiga dunyodagi millionerlarning 61 foiz ulushi to‘g‘ri keladi.

Capgemini mutaxassislari fikricha, 2025 yilga kelib butun dunyodagi millionerlarning umumiy davlati 100 trln dollardan oshadi.

Mavzuga oid
Top