14:20 / 29.09.2017
48631

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil davomida Yaponiyaga ham boradi. Ayni vaqtda kunchiqar yurtga davlat tashrifini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga bo‘lgan tashrifi doirasida o‘zbek diplomatiyasining yangi trendlariga bag‘ishlangan Xalqaro Press-klub sessiyasi vaqtida ma'lum qildi.

Bundan oldinroq Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Janubiy Koreyaga borishi ma'lum qilingandi. Yaponiya safari sanasi ma'lum emas.

Ma'lumot uchun O‘zbekiston prezidenti joriy yilda shu vaqtgacha 7 davlatga tashriflarni amalga oshirdi: Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston va AQSh.

Shavkat Mirziyoyevning kelgusi xorij safari qaysi davlatga bo‘ladi?

Mavzuga oid
Top