18:59 / 18.10.2017
18922

«Titanik»ning halok bo‘lgan yo‘lovchisi maktubi auksionga qo‘yildi

Buyuk Britaniyada 1912 yilgi cho‘kib ketgan «Titanik» kemasi yo‘lovchisi tomonidan yozilgan maktub auksionga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Independent.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu layner halokatga uchrashidan oldin uning bortidagi yo‘lovchi tomonidan yozilgan eng so‘nggi maktub. 

Maktub muallifi – birinchi klass yo‘lovchisi Aleksandr Oskar Xolverson. Fojia oqibatida u halok bo‘lgan, biroq o‘zi bilan birga sayohatga chiqqan turmush o‘rtog‘i omon qolgan.

Xolversonning onasiga yo‘llangan maktubida shunday deyiladi: «Bu kema juda katta hamda qimmatbaho mehmonxona kabi jihozlangan. Agarda hammasi yaxshi kechsa, biz Nyu-Yorkka chorshanba kuni yetib kelamiz».

Maktub Henry Aldridge & Son auksion uyi tomonidan savdoga qo‘yiladi, uning qiymati 60-80 ming funtga baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top