19:20 / 27.10.2017
37593

Kataloniya parlamenti mustaqillik e'lon qildi

Foto: Reuters

Kataloniya parlamenti mustaqillik haqida e'lon qildi. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi. Kataloniya mustaqilligi uchun 70 parlamentariy ovoz berdi, 10 nafari bunga qarshi chiqdi, yana ikki kishi bo‘sh byulletenlarni chiqindi urnasiga tashlab yubordi. 

Maxfiy ovoz berish jarayoni o‘tkazilishidan oldin muxolifat tarafdorlari parlament binosini tark etishgan. 

Kataloniya mustaqilligiga doir rezolyutsiya "Xalq birligi nomzodi" chap radikal partiyasi va "Birgalikda "ha" uchun" koalitsiyasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritilgan edi. 

26 oktabrda Kataloniya hukumati (jyeneraliteti) rahbari Karles Puchdemon muddatidan avval saylovlar o‘tkazmasligiga doir bayonot bilan chiqdi va bu Madrid bilan munosabatlarni yanada keskinlashtirdi. 

27 oktabr kuni kechqurun Ispaniya parlamenti yig‘ilishi rejalashtirilgan, unda Madrid konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llab, Kataloniyadan avtonomiya maqomini bekor qilmoqchi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top