19:45 / 28.11.2017
115875

O‘zbekistonda yana bir vazirlik tuzilmoqda

O‘zbekistonda yangi vazirlik - Innovatsion rivojlantirish vazirligi tashkil etilmoqda. Yangi vazirlikka O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov rahbarlik qiladi.

Foto: Kun.uz

Ibrohim Abdurahmonovning shaxsan o‘zi Kun.uz bilan telefon muloqoti vaqtida bu ma'lumotni tasdiqladi.

Ibrohim Abdurahmonov 1975 yilning fevralida Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tamomlagan, 2001 yilda Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tugatgan. «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Top