18:20 / 01.12.2017
15235

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda kimyo mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yirik majmua qurmoqda

Foto: News.cn

O‘zbekiston markaziy qismidagi eng yirik sanoat shahri bo‘lgan Navoiydagi “Navoiyazot” korxonasi negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish bo‘yicha majmua Xitoy bilan birgalikda quriladi, bu borada tegishli bitim imzolangan, deb xabar bermoqda Sinxua 1 dekabr kuni.

Loyihaning pudratchilari Xitoyning China CAMC Engineering va HQC Shanghai kompaniyalari konsorsiumi, moliyalashtirishning asosiy manbasi esa Xitoy Eksport-import banki tomonidan berilgan imtiyozli xarid krediti bo‘ldi.

Umumiy qiymati 439,8 million dollar bo‘lgan loyiha 33 gektar maydonda amalga oshirilmoqda hamda 36 oyga mo‘ljallangan. Ayni damda qurilish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda, ularning asosiy qismini joriy yilning oxiriga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Majmua foydalanishga topshirilganidan so‘ng yiliga 100 ming tonna PVX, 75 ming tonna kaustik soda va 300 ming tonna metanol ishlab chiqaradi. 

 

Top