23:40 / 13.12.2017
15031

“Titanik” va yana 24 ta film AQShning milliy filmlar ro‘yxatiga kiritildi 

Foto: Getty Images

AQSh kongressi kutubxonasi direktori Karla Xeyden 25 ta badiiy filmning milliy  filmlar ro‘yxatiga kiritilganini ma'lum qildi.  

“Filmning Milliy ro‘yxatga kiritilishi uning Amerika kinematografi tarixi va mamlakat madaniy merosi uchun ahamiyatli ekanining tan olinishi hisoblanadi. Qo‘yilgan vazifa – har yili faqatgina 25 ta filmni tanlab olish shoshirib qo‘yadi, chunki bu ro‘yxatga kiritilishga loyiq filmlar juda ko‘p”, deb aytgan Xeyden.

Filmlar 1905 yildan 2000 yilgacha suratga olingan turli janrdagi filmlar orasidan tanlab olingan. Ro‘yxatga “Oskar”ga sazovor bo‘lgan “Titanik” (Titanic, 1997), “Pixini yorgan" (Die Hard, 1988) va “Supermen” (Superman, 1978) kabi filmlar kiritilgan.

Ro‘yxatga kinematografning erta davrlaridagi “Nyu-York metrosi ichi” (Interior of the New York subway, 1905), zamonaviy filmlardan "Yodda tut" (Memento, 2000) filmlari ham kiritilgan.

Top