18:35 / 15.12.2017
6141

Pokiston sobiq Bosh vaziriga choh qazigan siyosatchining o‘zi tergovga tortilmoqda

Foto: Reuters

Pokiston parlamentida muxolifatchi hamda sobiq kriket yulduzi sifatida tanilgan Imron Xonga qarshi to‘plangan petitsiya mamlakat Oliy sudi tomonidan rad etildi. Gap shundaki, siyosatchi bir necha oylardan buyon moliyaviy ahvoli va kirim mablag‘lari haqida deklaratsiyani e'lon qilmaydi.

Reuters'ning yozishicha, avvalroq, mamlakat sobiq Bosh vaziri Navoz Sharif bilan shunday voqea yuz bergan bo‘lib, Oliy sud tomonidan talab etilgan shartlar e'lon qilingach, sobiq Bosh vazir egallab turgan lavozimidan ketishini ma'lum qilgan.

Aynan sobiq Bosh vazir Navoz Sharif nomzodi ko‘rsatilgan «Pokiston Musulmonlari ligasi» siyosiy partiyasi mazkur ish yuzasidan tergovni shaffof va halol o‘tishini xohlamoqda.

2018 yili o‘tkaziladigan asosiy siyosiy saylovda «Pokiston Musulmonlari ligasi» va «Pokiston Xalq partiyasi» o‘rtasida asosiy kurash kechishi kutilayotgan bir paytda, bunday voqealarning avj olishi vaziyatni murakkablashtirmoqda.

Pokistonda yuz berayotgan mojarolar markazida turgan Imron Xonning o‘zi iyul oyida sobiq Bosh vazirning moliyaviy kirimlarini tekshirish masalasiga boshchilik qilgandi.

Top