12:25 / 19.12.2017
132350

O‘zbekistonda talaba-o‘quvchilar uchun qishki ta'til muddati o‘zgarmaydi

O‘zbekistonda bu yil talabalar va o‘quvchilar uchun qishki ta'til kunlari o‘zgarishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz.

Oliy ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi «Kun.uz»ga tasdiqlashicha, talaba va o‘quvchilar odatdagidek 28 dekabrdan qishki ta'tilga ketishadi va ta'til 10 yanvarga qadar davom etadi. 11 yanvar kuni barcha ta'lim muassasalarida darslar boshlanadi.

Har yilgi an'anaga ko‘ra, bu yil ham qishki ta'til munosabati bilan talaba- o‘quvchilarga yengillik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» bilan hamkorlikda ta'lim muassasalarida yo‘l chiptalarini imtiyozli narxlarda sotishni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan avvalroq bu yil qishki ta'til bir hafta avvalroq, 19 yoki 20 dekabr kuni boshlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top