22:20 / 30.12.2017
7540

Dunyoning eng baland cho‘qqisiga yakka holda ko‘tarilish taqiqlab qo‘yildi

Foto: SS0 Public Domain

Dunyoning eng baland cho‘qqisi Everest va Himoloyning qolgan cho‘qqilariga ko‘tarilish vaqtida baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish maqsadida Nepal hukumati yangi mavsumdan boshlab bu cho‘qqilarga yakka holda ko‘tarilishni taqiqlab qo‘ydi. 

Nepal ekspeditsiyalar operatorlari uyushmasi kotibi Ishvari Paudelning aytishicha, cho‘qqilarga yakka holda ko‘tarilishlar ixlosmandlari bu taqiqlovdan norozi bo‘lishlari aniq.

“Ular bu juda xavfli ekanini bilsalar-da, baribir yuqoriga intilaveradilar. Nepal hukumatining sabr kosasini to‘ldirgan oxirgi tomchi aprelda shveysariyalik tajribali alpinist Ueli Stekning halok bo‘lishi bo‘ldi. U Nuptsze tog‘iga ko‘tarilish vaqtida ming metr balandlikdan tushib ketdi”, deb aytdi kotib.

41 yoshli Stek taniqli alpinistlardan hisoblangan va Himoloydagi Annapurna cho‘qqisiga janubiy tomoni orqali yangi yo‘nalish bo‘yicha yakka holda ko‘tarilgani uchun alpinizmning “Oskar”i hisoblangan “Moviy muzyorar” (Piolet dʼOr) sovrini bilan taqdirlangandi.

Mavzuga oid
Top