21:08 / 07.01.2018
19879

Tsirk gimnastikachisining manejga yiqilishi videoda qayd qilindi

Foto: Skrinshot

Belarusning Gomel shahridagi sirkda moskvalik gimnastlar jamoasi ishtirokchisi  akrobatik tryuk bajarish vaqtida yuqoridan tushib ketdi. Internetda ushbu holat videosi joylashtirildi. 

Ma'lum qilinishicha, voqea 5 yanvarda Alisher Alimev boshchiligidagi gimnastlar jamoasi chiqishi vaqtida yuz bergan. Afishada “gimnastlar 9-qavatli bino balandligida ajabtovur tryuklar ijro etishlari” e'lon qilingan. 20 yoshli ayol gimnastikachi tryuk bajarilishi vaqtida hamrohining qo‘lidan chiqib ketib, pastdagi ehtiyot to‘ri yonidan o‘tib ketib, manejga qulagan. 

Gimnastikachi bosh jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, qiz jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.

Mavzuga oid
Top