19:17 / 08.01.2018
14121

Yo‘lovchilar endi samolyotdagi istalgan joyni avvaldan band qilishi mumkin

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

2018 yil 08 yanvardan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK qatnovlariga «Joyni tanlash» interfaol xizmatini joriy etishga kirishdi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar beradi.

Ushbu bosqichda xizmatlar yaqin xorij mamlakatlariga Airbus A-320 havo kemalarida bajariladigan qatnovlar uchun ko‘rsatiladi. Keyinchalik ushbu turdagi xizmatlarni barcha yo‘nalishlarda joriy etish mo‘ljallangan.

Ma'lum qilinishicha, «Joyni tanlash» xizmati bepul yoki pulli ko‘rinishda taqdim etilishi nazarda tutilgan. Masalan, bort oynasi oldidagi yoki o‘tish joyidagi o‘rindiq uchun O‘zbekiston hududida 25000 so‘m (chet elda esa 5 yevro) miqdorida to‘lovni amalga oshirish talab etiladi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, yo‘lovchilar parvozgacha 45 kun qolgandan boshlab, joylarni avvaldan band qilish xizmatidan foydalanish mumkin. Shuningdek, muayyan parvozga 24 soat qolganda xizmatdan foydalanish to‘xtatiladi.

Top