09:59 / 16.01.2018
12413

Tramp obakidandonni yaxshi ko‘rishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Jonathan Ernst/Reuters

AQSh kongressining vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti mamlakat prezidenti Donald Tramp qulupnay va olcha mazasiga ega obakidandon (konfet)ni yaxshi ko‘rishi haqida aytib berdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Makkartining aytishicha, Tramp bilan Vashingtonga prezidentlik samolyotida parvoz qilishayotganda, u faqat qizil va pushti rangdagi Starbursts obakidandonini iste'mol qilgan.

«Biz kichik desert ustida o‘tirgandik, shu paytda u menga obakidandon taklif qilib qoldi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan kongressmen.

Keyinchalik Trampning yordamchilari Makkartiga prezident faqat qizil va pushti rangdagi obakidandonni yaxshi ko‘rishi haqida aytib berishgan.

Mavzuga oid
Top