18:08 / 17.01.2018
11418

«Afv etilmaydi!» - Gruziya prezidenti Saakashvili haqida gapirdi

Foto: RIA "Novosti"

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvilining ma'lum qilishicha, sobiq davlat rahbari, mamlakatda sirtdan jazoga tortilgan Mixail Saakashvilini afv etishni rejalashtirayotgani yo‘q.

- Men nega Saakashvilini afv qilishim kerak? Prokuratura ayblovni qanday qo‘yish, tergovni qanday olib borishni, sudya esa afv etish haqidagi moddadan noqonuniy foydalanish bo‘yicha chegarani aniqlay olmayapti, - deya aytib o‘tdi Margvelashvili "Rustavi 2" telekanali efirida.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, afv etish – bu sud xatosini to‘g‘rilash emas, balki boshqa odamga nisbatan achinish akti hamda u Saakashviliga nisbatan bunday holatni amalga oshira olmaydi.

Mavzuga oid
Top