12:20 / 18.01.2018
113638

Qozog‘istonda yana fojia. Avtobusda yonib ketganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani tasdiqlandi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida yonib ketgan avtobus yo‘lovchilarining barchasi O‘zbekiston fuqarolari edi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamenti ma'lumot berdi.

«O‘zbekiston fuqarolari. 50dan ortiq kishi. Halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishgan. Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari yo‘q», — deya manbaning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.

Qayd etilishicha, avtobus O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgandi.

Bundan avvalroq Samara — Chimkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Foto: instagram/@askar_aktileu
Foto: Qozog‘iston viloyat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamenti

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 6 oktabrida Rossiyaning Vladimir oblastida poyezd yo‘lovchi avtobusni urib ketishi oqibatida 17 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi.

Vladimir fojiasi

O‘tgan yilning yozida esa Qozog‘iston hududida 50 nafar o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus halokatga uchragan, o‘shanda baxtsiz hodisada 9 nafar o‘zbekistonlik vafot etgandi.

Avtobus halokati: oqibatlar emas, sabablar bilan kurashaylik

 

Mavzu
Aqto‘beda fojia

Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketishi oqibatida kamida 52 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekiston fuqarolari edi

Barchasi
Mavzuga oid
Top