07:09 / 18.01.2018
6857

Tramp AQShning Isroildagi elchixonasi 2018 yilda Al-Qudsga ko‘chirilmasligini aytdi

Foto: AFP 2018 / Don Emmert

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Isroildagi elchixonasi 2018 yilda Al-Qudsga ko‘chirilmasligini ma'lum qildi. Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu elchixonani 2018 yilda ko‘chirish taklifini bildirgan.

“Yil oxirigachami? Biz turli ssenariylarni muhokama qilmoqdamiz. Biz buni unchalik mo‘ljallamayapmiz. Yo‘q”, deb aytgan Tramp tegishli savol yuzasidan Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida. 

Trampning aytishicha, Al-Qudsdagi elchixona “ajoyib bo‘ladi, biroq 1,2 mlrd dollar turmaydi”. Tramp bunda AQShning Londondagi yangi elchixonasining qimmatligiga kinoya qilib gapirgan. U avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyatini AQShning Londondagi yangi elchixonasi milliard dollardan oshiqroqqa aylangani uchun tanqid qilgan, biroq shu bilan birga bunday katta qiymatdagi elchixonani qurish Obama vaqtida emas, undan avvalgi prezident Kichik Jorj Bush vaqtida qabul qilinganini tan olgan. 

Tramp dekabr oyida Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishga va Isroildagi elchixonani bu shaharga ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilgan. Trampning bu qarori Falastinda tartibsizliklar va boshqa arab davlatlarida noroziliklar keltirib chiqargan.

Top