07:30 / 23.01.2018
11807

Jahondagi eng nufuzli kompaniya ma'lum qilindi

Foto: Lucas Jackson / Reuters

Fortune jurnali jahondagi eng nufuzli kompaniyalar ro‘yxatini e'lon qildi, uni tuzishda 3 mingdan ortiq top-menejyerlar, tahlilchilar va ekspertlar so‘rovdan o‘tkazildi. Ro‘yxatdagi birinchi o‘nta o‘rinni Amerika kompaniyalari egalladi.

Fortune talqiniga ko‘ra, eng nufuzi baland kompaniyaga Apple aylandi, ikkinchi o‘rinni Amazon, uchinchi – Alphabet, to‘rtinchi pog‘onani – Berkshire Hathaway egalladi. Beshinchi o‘rinda – Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i. Netflix 11-, Facebook 12-pog‘onadan joy oldi. Amerikadan bo‘lmagan boshqa kompaniyalardan faqatgina BMW eng yuqori pog‘onani band etdi – 19.

Fortune Korn Ferry kompaniyasi bilan ro‘yxatni tuzishda 1,5 ming nomzodni tahlil qilib chiqdi: Amerikaning daromad bo‘yicha 1 mingta eng yirik kompaniyasi, shuningdek, Fortune-500 ro‘yxatida AQShdan bo‘lmagan, 10 mlrd dollardan ortiq daromadga ega bo‘lgan kompaniyalar. Keyinchalik jurnal ro‘yxatni 29 mamlakatdan 680 ta kompaniyaga qadar qisqartirdi.

Top