17:59 / 24.01.2018
8738

La Liganing dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Urugvaylik futbolchi o‘tgan oyda 4ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan edi. Shuningdek, u «Real» darvozasiga «Santyago Bernabeu»da yo‘llangan g‘alaba keltiruvchi to‘pga ham mualliflik qildi.

Joriy mavsumda Suares La Ligada 17ta o‘yinda maydonga tushib, 15ta gol urgan. To‘purarlar bahsida u jamoadoshi Lionel Messidan 4ta gol ortda qolib, 2-o‘rinda boryapti.

Foto: La Liga
Mavzuga oid
Top