17:04 / 26.01.2018
36508

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni ma'lum bo‘ldi 

Foto: KUN.UZ

2017 yilda mobil aloqa abonentlari soni 1,4 millionga ko‘payib, 22,8 million kishini tashkil etdi. Bundan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma'lumotlari darak bermoqda.

Respublika bo‘ylab 2018 yilning yanvar holatiga ko‘ra, bazaviy stansiyalar 22,2 mingga teng (2017 yilning shu davriga nisbatan qariyb 4 mingga ko‘p).

Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 20 million abonentga yetgan.

Internetga kirish tezligi 104 ming Mbit/s.dan oshdi.

Provayderlar uchun tashqi internet kanalidan foydalanish narxi 2,5 barobarga pasayib, 30,2 dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni (yil bo‘yicha)
Manba: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘tgan yil davomida 2000 km atrofida optik-tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi.

Top