12:00 / 28.01.2018
12917

Afrinda Turkiya harbiy kampaniyasi qurbonlari soni aytildi

Osman Orsal/Reuters

Suriya shimolida Turkiya aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilish ishlari boshlanganidan buyon 89 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda kurdlarning Firat agentligi Suriyaning Afrin viloyati sog‘liqni saqlash departamenti rahbari Anjyela Rishoga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Shuningdek, harbiy amaliyot boshlangan kundan buyon 198 kishi turkiyalik harbiylarning harakatlari oqibatida jarohatlangan.

Risho og‘ir jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishni so‘rab jahon hamjamiyatiga murojaat qilgan.

Bundan oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turk armiyasi zarur bo‘lsa Idlibgacha borishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Turkiyaning Suriyaga kirishi

Turkiya qurolli kuchlari Suriyaning Afrin mintaqasidagi qurollangan kurd bo‘linmalariga qarshi quruqlikdagi harbiy operatsiyani amalda boshladi.

Barchasi
Top