17:50 / 29.01.2018
13007

Mirziyoyev BAA prezidentiga hamdardlik izhor qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon A'loga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari BAA prezidentiga volidasi Shayxa Xissa bint Muhammad Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan ta'ziya bildirgan.

Mavzuga oid
Top