12:40 / 08.02.2018
32127

Kogon shahriga hokim tayinlandi

Foto: Buxoro viloyati hokimligi

7 fevral kuni Buxoro viloyati Kogon shahar hokimligida xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shu paytga qadar Buxoro viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Hakim Isayevich Hoshimov Kogon shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Hakim Hoshimov 1963 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1985 yil Toshkent politexnika instituti tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-geodezist.

Top