11:15 / 10.02.2018
10579

AQShda gripp tufayli 63 bola vafot etdi

Foto: Reuters

AQShda gripp tufayli kamida 63 nafar bola hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Fox News mamlakat hukumati huzuridagi kasalliklarni nazorat qilish va ogohlantirish bo‘yicha markaz ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, joriy gripp mavsumida shifoxonalarga yotqizish darajasi 2014-2015 yilgi qish mavsumi ko‘rsatkichlaridan oshib ketdi. O‘shanda ham kasalxonalarga juda ko‘plab bemorlar olib borilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda gripp epidemiyasi sababli 11 shtatdagi maktablar yopilgani xabar berilgandi.

Top