22:40 / 13.02.2018
38014

O‘zbekistonda Sport vazirligi tuzilmoqda

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etiladi. Kun.uz manbasi ma'lumot berishicha, prezidentning tegishli farmoni imzolangan.

Ma'lum qilinishicha, qo‘mita raisi Rustam Qurbonov lavozimdan ketgan. U 2017 yil fevralida yangi tashkil qilingan qo‘mitaga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Rustam Qurbonov / Foto: KUN.UZ

Endi uning o‘rnida yangi tuzilgan vazirlikka O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar bo‘ladi. 

Shoakram Isroilov / Foto: KUN.UZ

Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Oybek Qosimov vazirning birinchi o‘rinbosariga aylanadi.

Oybek Qosimov / Foto: KUN.UZ

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 fevralida imzolangan «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi.

Top