22:20 / 21.02.2018
17016

Pyongchang-2018, Hokkey: AQSh va Shvetsiya musobaqani tark etdi, barcha yarim finalchilar ma'lum

© AFP 2018/ Brendan SMIALOWSKI

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida hokkey musobaqalari qizg‘in bosqichga chiqdi. Bugun bo‘lib o‘tgan chorak final uchrashuvlaridan so‘ng barcha yarimfinalchilar aniq bo‘ldi.

Bu bosqichga kelib Shvetsiya terma jamoasi kutilmaganda Germaniyaga imkoniyatni boy berib qo‘yib musobaqani tark etdi. Shuningdek AQSh, Norvegiya va Finlyandiya uchun ham bu bosqich so‘nggisi bo‘ldi.

Pyongchang-2018, Hokkey
1/4 final

Chexiya - AQSh 3:2
Rossiyalik olimpiyachi atletlar - Norvegiya 6:1
Kanada - Finlyandiya 1:0
Shvetsiya - Germaniya 3:4

1/2 final juftliklari
23 fevral

Chexiya - Rossiyalik olimpiyachi atletlar
Kanada - Germaniya

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top