11:20 / 27.02.2018
23535
Reklama

O‘zbekistonda ilk marta National Stone​ brendi ostida sun'iy kvars toshi ishlab chiqarilmoqda

“Olmaliq Metal Group Industries” MChJ «National Stone» brendi ostida Yevropa sifati va standartlariga muvofiq sun'iy kvars plitalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Binoni qurish va ta'mirlash, mebellarni bezash yoki ishlab chiqish uchun har qanday xonani ta'mirlash uchun materiallarni tanlash eng muhim vazifalardan biridir. Bugungi kungacha bu tanlov yog‘och, plastmassa, devor qog‘ozi, keramik plitkalari hamda MDFdan panellar, DSP yoki akril edi. Biroq so‘nggi paytlarda bezaklarda tobora ommalashib borayotgan iste'molchi sifati va estetik go‘zalligining ajoyib kombinatsiyasi tufayli sun'iy kvars plitalariga aylanmoqda.

So‘nggi paytgacha O‘zbekistonda sun'iy kvars plitalaridan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy faktor - bu uning qimmatligi edi, sababi kvars plitalari Ispaniya, Italiya va Xitoydan keltirilgan. 2017 yilning dekabrida O‘zbekistonda ilk marotaba "National Stone" brendi ostida yuqori sifatli sun'iy kvars plitalarini ishlab chiqarilishi "Olmaliq Metal Group Industries" MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yildi va import o‘rnini bosishga imkoniyat yaratildi.

Korxona Olmaliqning Sanoat hududida joylashgan bo‘lib, Xitoy va Yevropa davlatlaridan keltirilgan eng zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlanganligi va mahalliy xom-ashyolardan foydalanish natijasida jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni yanada arzon narxlarda ishlab chiqarishga imkon berdi.

Foto: National Stone
Foto: National Stone

Mazkur korxonada xorijiy tayyorgarlikdan o‘tgan 50 dan ortiq xorijda malakasini oshirib kelgan o‘z ishining mutaxassislari faoliyat yuritib, 30 xil rangdan ortiq sun'iy kvars plitarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan. Shu bilan birga korxonada "National Stone" kvars plitalarini nafaqat ishlab chiqarish, balki ularni qayta ishlash va tayyor mahsulot ko‘rinishida iste'molchiga yetkazib berishdan iborat to‘liq sikl bo‘yicha ish tashkil qilingan. Korxonadagi mavjud uskunalardan foydalangan holda kvars plitalarining yuzasiga istalgan naqsh va dekor shakllarni tushirish imkoni ham mavjud.

Sun'iy kvars plitasi nima?

Bu maydalangan kvars toshi va qumi, har xil rangdagi pigmentlar va poliefir smolasini aralashmasidan kompozitsion materialdir. Dastlab, barcha komponentlar yaxshilab aralashtiriladi, qoliplarga to‘ldiriladi keyin yuqori bosim ostida shaklga keltiriladi va muayyan haroratda maxsus pechlarda pishiriladi. So‘ngra plitalarga sinchkovlik va ehtiyotkorlik bilan ishlov beriladi.

Tabiiy (granit, mramor va hokazo.) toshlardan farqli o‘laroq, sun'iy kvars plitalari mexanik ta'sirlarga, har qanday ob-havo o‘zgarishlariga va namlikka o‘ta chidamli hisoblanadi.

Foto: National Stone
Foto: National Stone

Kvarts plitalarining afzalliklari qanday?

Komponentlari va maxsus ishlab chiqarish texnologiyasi hisobiga kvars plitalari xaridorlarga ajoyib xususiyatlar kombinatsiyasini tuhfa etadi.

• Chidamliligi. Kvarts plitalari 500 kg/sm2 dan ortiq yuklarni ushlab turish imkoniyatiga ega va bu tabiiy granitdan 4 baravar yuqori. Plita yuzasi har qanday qiruvchi yuvish vositalariga bardoshli va o‘zida hech qanday chiziq va dog‘lar qoldirmaydi.

• Estetik jozibadorligi. Kvarts plitalarida dizaynerlar yorqin va jozibali ichki bezaklarni yaratishga imkon beruvchi cheksiz ranglar gammasi va dekorlardan foydalanadi. Materialning asl ko‘rinishi butun xizmat muddati uchun saqlanib qoladi, bu kamida 50 yil.

• Issiqlikka chidamlilik va yong‘indan xavfsizligi. Plitalar +280 ° C gacha bo‘lgan harorat ta'siriga chidamli. Shu bilan birga agar issiq oshxona idishlarini uzoqroq muddatga plita ustiga qo‘yiladigan bo‘lsa issiq idishning osti qismiga biron bir maxsus jihozdan foydalanish tavsiya etiladi.

• Ekologik jihatdan qulay. Sun'iy toshda toksik, xavfli komponentlar yoki allergenlar mavjud emas. Uning sirtlari idish-tovoq, oziq-ovqat mahsulotlari  va yuvish vositalari bilan aloqa qilishi mumkin, shuning uchun material oshxona uchun ideal hisoblanadi.

• Namga chidamliligi. Mahsulotlar tarkibida teshikchalar, mikroyoriqlar mavjud emas, shuning uchun plitalar namlikni o‘tkazmaydi. Ularning yuzalarida meva, sharbat yoki yog‘lar izlari qolmaydi. Siz tashqi devorlar uchun ham tashqi panellarini sotib olishingiz mumkin. Kvarts plitalari sovuqqa chidamli bo‘lib, bu xususiyat plitani o‘ziga namlik o‘tkazmasligi bilan bog‘liq.

• Antibakterial xususiyatlar. Kvarts qoplamasi mikroorganizmlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, bakteriyalar to‘plamaydi, mog‘or va zamburug‘ ta'siriga chidamli bo‘ladi.

Foto: National Stone
Foto: National Stone

Kvarts plitalaridan qanday maqsadda foydalaniladi?

Bugungi kunda bu material mebel, interer buyumlari va ichki bezaklarni ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Kvarts plitalaridan tayyorlangan buyumlar va mahsulotlar farovonlik va nozik go‘zallik belgisi hisoblanadi.

Kvarts plitalari namlikni o‘tkazmasligi, mog‘or va zamburg‘ ta'siriga chidamliligi evaziga uni sanitariya inshootlari, vannalar va dushlarning dizayni uchun ajoyib va takrorlanmas material sifatida ishlatiladi. Shu bilan birga ishchi yuzasi ifloslantiruvchi moddalardan tez tozalanadi.

Tokchalar, zina va zinapoyalar, devorlar, ustunlar va arkalar uchun kvars plitalaridan foydalanish ko‘p jihatdan dekorativlik va jozibadorlikni oshiradi.

«Bizning korxonamiz sun'iy kvars plitalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan O‘zbekistondagi yagona korxona hisoblanadi. Maqsadimiz - O‘zbekiston ichki bozorining sun'iy kvars plitalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va mahsulotni xorijiy davlatlarga eksport qilish. Agar korxonamiz to‘la quvvat bilan ishlasa, bir sutkada 500 dona ya'ni 925 metr kvadrat, yil mobaynida esa 300 ming  metr kvadrat  sun'iy kvars plitalarini ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Bundan tashqari kelajakda, ya'ni 2 yil mobaynida ishlab chiqarish quvvatini 1 million metr kvadratga yetkazish hamda Osiyo, Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlariga ham o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shish niyatidamiz.

Jumladan poytaxtda qad rostlashi ko‘zda tutilayotgan “Tashkent City”, Toshkent viloyatida tashkil etiladigan «Nurafshon City» va “Smart City”lar qurilishiga hamda bugungi kunda respublikamizda quriladigan bino va inshootlar, ofislar, savdo va ko‘ngilochar markazlariga o‘z mahsulotimizni yetkazib berishga tayyormiz», - deydi “Olmaliq Metal Group Industries»  MChJ direktori Bobur Qo‘chqorov.

Fursatdan foydalanib, biz sizlarni joriy yilning 28 fevral - 2 mart kunlari davomida «O’ZEKSPOMARKAZ» da bo‘lib o‘tadigan xalqaro «WORLD-BUILD» ko‘rgazmasiga taklif qilamiz. Bu yerda siz «National Stone» brendi ostida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy kvars plitalari va undan tayyorlangan tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishish va kerak bo‘lsa buyurtmalar berish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin: (+99895) 145-80-01 (+99895) 146-80-01, (+99893) 182-70-02, (+99893) 182-70-10.

Manzil: Olmaliq, Sanoat hududi.
Vebsayt: nationalstone.uz
Fabrika sayti: nationalstone-fabrika.uz
Facebook: fb.com/nationalstone.uz
E-mail: sales@nationalstone.uz

Reklama huquqi asosida

Top