11:00 / 28.02.2018
24181

Ertaga kolumbiyaliklarga qarshi janglar. Bektemir Meliqo‘ziyev tarkibda

27 fevral kuni WSB seriyasiga kiruvchi musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi Kubaning «Cuba Domadores» jamoasi ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi. 1 mart kuni o‘zbekistonlik bokschilarni Toshkentda yana bitta jang kutib turibdi. Ertaga jamoa Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» vakillariga qarshi ringga chiqadi.

Janglar O‘zbekiston taekvondo federatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Boks kechasi soat 19:00da boshlanishi ko‘zda tutilgan. Ayni vaqtda arena janglarni o‘tkazishga shay holatda turibdi.

Foto: KUN.UZ

Ushbu bahsda quyidagi juftliklar g‘oliblik uchun ringda kurash olib borishadi:

-52 kg: Xudoynazar Fayzov — Keyber Avila 

-60 kg: Shunqor Abdurasulov — Duvan Zuleta 

-69 kg: Maxmud G‘oipov — Aleksander Rangel

- 81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Diyego Motoa

+ 91 kg: Bahodir Jalolov — Kristian Salsedo

Mavzuga oid
Top