21:58 / 07.03.2018
9585

2017 yili oilaviy nizolar 190 dan ortiq qotillikka sabab bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda 2017 yilda oilaviy nizolar oqibatida sodir etilgan 191 ta qotillikdan 62 holatda er xotinining joniga qasd qilgan bo‘lsa, 10 tasida xotin erini o‘ldirgan. 119 tasida aka-ukani, opa-singilni, qaynona kuyovni, pochcha qaynisining joniga qasd qilib, o‘ldirgan holatlar qayd etilgan. XPKning 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ishtirok etgan IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov shu haqda ma'lum qildi. 

general-mayor Qutbiddin Burhonov
Foto: Xalqaro Press klub

“Viloyatlar kesimida olinsa, Samarqandda 27 ta, Toshkent shahrida 24, Toshkent viloyatida  22 ta, Farg‘onada 21 ta qotillik oilaviy janjallar oqibatida sodir etilgan. O‘tgan yili qayd qilingan 73 ming 692 ta jinoyatdan 9,5 mingdan ortig‘i, ming afsuski, ayollar tomonidan sodir etilgan. Bu borada viloyatlar kesimida Farg‘onada ayollar tomonidan 1 625 ta, Toshkent shahrida 1592, Toshkent viloyatida 1402, Samarqandda 1066, Andijonda 972, Namangan 751 ta jinoyat sodir etilgan”, - dedi Burhonov. 

Top