13:25 / 10.03.2018
60018

Toshkentda Captiva va Land Cruiser yonib ketdi

2018 yilning 9 mart kuni, soat taxminan 14:16da poytaxtning Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 6-uy orqasida bo‘lgan “Bek Maftuna Malika” MChJga qarashli avtoturargoh hududida yong‘in chiqqan. Bu haqda Facebook'dagi guruhlardan birida ma'lum qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida shu avtoturargohda turgan “Captiva” rusumli avtomobilning motor va salon qismiga zarar yetgan. Shuningdek, uning yonida bo‘lgan “Toyota Land Cruiser” avtomashinasi moslashtirilgan tirkamali tashish vositasi bilan birgalikda butunlay yonib ketdi.

Yong‘in sababi noma'lumligicha qolmoqda.

Top