18:50 / 12.03.2018
26379

Oleg Tabakov vafot etdi

Foto: RIA Novosti

Moskvada 82 yoshida rossiyalik aktyor va Moskva badiiy teatri (MXAT) rahbari Oleg Tabakov vafot etdi. Bu haqda RIA «Novosti» teatrga asosan xabar bermoqda.

O‘tgan yilning 27 noyabr kuni Tabakov Moskvadagi Birinchi shahar kasalxonasiga olib ketilgandi, biroq u ikki kundan so‘ng favqulodda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi hamda sun'iy nafas olish uskunasiga ulab qo‘yildi. Bir oy o‘tib sun'iy komaga tushirildi.

Tabakov aynan nima sababdan o‘shanda kasalxonaga yotqizilgani noma'lum: avvaliga rejali tibbiy ko‘rik haqida gapirishgan bo‘lsa, so‘ng o‘pka shamollashi va qon zaharlanishi tilga olindi. Aktyorning holati so‘ngi paytlarda o‘ta og‘ir sifatida baholab kelinayotgandi.

Oleg Tabakov 1935 yilda tug‘ilgan, ijodiy faoliyatini esa 1956 yilda boshlagan. Tabakov faoliyati davomida o‘nlab filmlarlarda suratga tushdi, ular SSSR kinoklassikasi sifatida tan olingan.

 

Mavzuga oid
Top