11:45 / 13.03.2018
37430

Qalbaki so‘m va dollarlarni yasagan shaxs ushlandi - Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti matbuot xizmati

2018 yil 12 fevral kuni noma'lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hududida yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib ishlovchi A. ismli shaxsni ishonchiga kirib, uni aldab, 26 dona qalbaki 10000 so‘mlik kupyura pullarini berib, 2 qop un mahsulotlarini sotib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ichki ishlar organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qalbaki pullarni yasashda gumon qilingan Qorauzak tumanida yashovchi fuqaro O. qo‘lga olinib, uning yonidan qalbaki bo‘lgan 2826 dona 10000 so‘mlik pul kupyuralar va 29 dona 100 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida gumonlanuvchi O. ushbu qalbaki pullarni Qozog‘iston Respublikasida yashovchi V. ismli shaxs bilan birgalikda yasaganligi va O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi ya'ni, o‘tkazish maqsadida qalbaki pul va chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yasash yoki ularni o‘tkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top