11:00 / 14.03.2018
8246

Amerikalik Afg‘onistonda teraktlar sodir etmoqchi bo‘lgani uchun 45 yilga qamaldi

Foto: Lucas Jackson/Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarosi Muhanad Mahmud Al-Farok «Al-Qoida» terrorchilik guruhi bilan hamkorlik qilgani va Afg‘onistonda amerikalik harbiylarga qarshi teraktlar sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 45 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytida xabar qilinadi.

«O‘ttiz ikki yoshli Muhanad Mahmud Al-Farok bugun 45 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Hyustondan bo‘lgan ushbu shaxs 2017 yilning 29 sentabridan ish bo‘yicha sud jarayoni yakunida shunday jazoga tortildi, u yetti yil davomida sodir etgan terrorchilik jinoyatlarida ayblandi», - deya xabar beriladi Adliya vazirligi saytida.

Al-Farok ayblovning to‘qqizta moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Ular orasida amerikalik harbiylarni o‘ldirish maqsadida til biriktirish, ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish va terrorchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida til biriktirish bor.

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, Al-Farok Pokistonga 2007 yilda jo‘nab ketib, «Al-Qoida» safiga borib qo‘shilgan. Bundan tashqari, u 2009 yilda Afg‘onistonning Chapmanida amerikalik harbiylar bazasiga uyushtirilgan hujumda qo‘llangan portlovchi qurilmani tayyorlashga aloqador bo‘lgan.

Top