10:53 / 14.03.2018
69878
Reklama

«Azim Zomin Shifo» MChJ sog‘lomlashtirish va dam olish maskani

Dam olish maskanimiz Jizzax viloyatining Zomin tumanida, Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy etaklaridagi qo‘riqxonada joylashgan.

Foto: Azim Zomin Shifo

Dam olish maskanimiz 2017 yil iyul oyida ochilgan bo‘lib, kardiologiya, urologiya, nevrologiya, ginekologiya va stomatologiya kasalliklariga ixtisoslashtirilgan. Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ikki o‘rinli shinam yotoqxonalardan, hamda oilaviy kottedjlardan tashkil topgan 110 o‘ringa mo‘ljallangan. Maskanimizda zamonaviy diagnostik asbob uskunalari UTT apparati (Koreya davlatidan keltirilgan), 67 xildan ortiq laboratoriya tekshiruvlarini o‘z vaqtida tezkor usulda tekshirib berish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, fizioterapiya davolash usullaridan UVCh, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, vakuum terapiya, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar o‘tkaziladi. Balneologiya bo‘limida – yod-bromli, marvaridli, nina bargli daraxtlar damlamasidan hamda Rossiyadan keltirilgan, 100 yillardan beri ishlatib kelinayotgan rus akademigi A.S.Zalmanov tomonidan yaratilgan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan vannalar tayyorlab davolaniladi. Bu vannalar inson organizmini yoshartiradi, tomirlardagi tiqinlarni ochadi, tizza bo‘g‘im og‘riqlarida va qon bosimini mo‘'tadillashtirish xususiyatiga egadir. Parafin (sham) bilan davolash, kedr bochkasi, infraqizil nurli sauna, balchiq bilan davolash, yozgi basseyn sizning xizmatingizda.

Foto: Azim Zomin Shifo

Fitobarimizda tog‘ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi. Kislorodli ko‘piklar dam oluvchilarga kun mobaynida tetiklik bag‘ishlaydi.

Urologiya sohasida olib borilayotgan davolash ishlarimiz qisqa vaqt davomida o‘z samarasini bermoqda. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq shamollashi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovchi maxsus fizioterapevtik apparatlar mavjud.

Foto: Azim Zomin Shifo

“Mavit” – magnitorezonansli prostata bezini massaj qilish, qon aylanishini yaxshilovchi va yengili isitish orqali davolashdir. Bunda 7-9 seans o‘tkaziladi.

“Matriks Urolog” – vakuum hosil qilib erkak jinsiy a'zosini erektsiyasini tiklash va lazeroterapiyasi (infraqizil va qizil lazer) o‘tkazish (8-10 seans). Shuningdek, prostata bezini giperplaziyasini xavfli yoki xavfsiz ekanligini aniqlash uchun PSA-prostata bezi spetsifik antigenini aniqlash tahlili mavjud. Davolash maskanida qo‘shimcha urolog shifokori tomonidan erkaklardagi bepushtlik holatlarini tekshirish va davolash ishlari olib boriladi. Erkaklardagi testosteron gormonini tekshirish, urug‘ tahlili (spermogramma) prostata bezi suyuqligini tekshirish shular jumlasidandir.

Foto: Azim Zomin Shifo

Yuqoridagi tekshiruv va muolajalarni o‘tkazish uchun alohida xonalar va sharoitlar mavjud.

Maskanimizda! Urologiya sohasidagi eng ilg‘or davolash usullaridan buyrak tosh kasalliklarini og‘riqsiz, narkozsiz, operatsiyasiz davolovchi litotripsiya usuli, ya'ni, buyrakdagi, siydik nayidagi va qovuqdagi toshlarni elektromagnitli ultratovush yordamida maydalab tushiruvchi URO-EMX apparati ishga tushirildi. (Koreya davlatidan keltirilgan)

Foto: Azim Zomin Shifo

Litotripsiya markazimizda buyrak tosh kasalliklari bo‘yicha barcha tekshiruvlar amalga oshirilib, keyin davolash usuli qo‘llaniladi. Unda buyrak toshlari 1,0 mm, 1,8 mm, ya'ni, 1 sm dan 1,8 sm gacha bo‘lgan toshlar maydalanadi.
Uzoqdan keladigan bemorlar 2 kun mobaynida yotoq va ovqat bilan ta'minlanadi, barcha laborator tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Foto: Azim Zomin Shifo

Sihatgohimizdagi ginekologiya xizmati.

Oliy toifali shifokor-ginekolog xizmat ko‘rsatadi:

-    Ayollar bepushtligi;
-    bachadon miomasi;
-    adneksit;
-    salpingooforit;
-    bachadon bo‘yni kasalliklari;
-    qin infeksiyalari;
-    TORCH infeksiyalari kasalliklari samarali davolanadi.

Paratservikal blokada, ginekologik vannalar, dori-darmonlar va fizioterapik usullar bilan davolaydi. Ginekologiya kabineti eng zamonaviy asboblardan, kolposkopdan foydalanilib, ayollar bachadon bo‘yni kasalliklariga aniq tashxis qo‘yib davolash imkoniyatiga ega.

Nevrologiya shifokorlari asab tizimining funksional kasalliklarini eng samarali fizioterapevtik va dori-darmonlar bilan davolashadi. Bosh miya kasalliklariga to‘g‘ri tashxis qo‘yishda EEG (elektroentsefalografiya) apparatidan foydalanish davolash samaradorligini oshiradi. Sihatgohimizda bel-umurtqa diski churrasini kompyuterli cho‘zib davolash usuli mavjud.
Kardiologiya – yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish uchun zamonaviy rusumdagi EKG va EXOKS tekshiruvlari hamda laborator diagnostikasi o‘tkaziladi va fizioterapevtik usullar bilan davolanadi.

Foto: Azim Zomin Shifo

Maskanimizda UTT apparati (Koreya davlatidan keltirilgan) quyidagi tekshiruvlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega:

-    Yurak – exokardioskopiya;
-    Buyrak;
-    Prostata bezi;
-    Qovuq;
-    Jigar, o‘t pufagi;
-    Taloq;
-    Oshqozon osti bezi;
-    Bachadon va tuxumdonlar tekshiruvi;
-    Sut bezlari;
-    Qalqonsimon bez;
-    Dopplerografiya;
-    Limfa bezlari;
-    Elastografiya (parenximatoz organlar);
-    Homiladorlik:
-    15 haftagacha;
-    15 – 24 haftagacha;
-    24 – 40 haftagacha.
-    Follikulometriya.

Sihatgohimiz oshxonasida sifatli parhez taomlar tayyorlanadi, bu esa dam oluvchilarning o‘z salomatliklarini tiklashda muhim ahamiyatga egadir. Dam oluvchilarning madaniy dam olishi uchun konsertlar uyushtiriladi va Jizzax va Samarqand viloyatlarining madaniy yodgorliklariga – ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.

Foto: Azim Zomin Shifo

Yotoqxonalar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, isitish, sovutish moslamalari, IPTV televideniye, Wi-Fi tarmoqlari uzluksiz dam oluvchilarga xizmat qiladi.
Maskanimizga dam olishga marhamat!

Foto: Azim Zomin Shifo
Foto: Azim Zomin Shifo

Manzilimiz Jizzax viloyati Zomin tumani Qo‘riq qishlog‘i (Zomin tumani markazidan 4 km shimolida joylashgan).

Murojaat uchun telefonlar:  

 +99894 3417547
+99894 3427547

Saytimiz: www.zominshifo.uz

Foto: Azim Zomin Shifo

Reklama huquqi asosida

Top