15:49 / 15.03.2018
6159

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston bosh konsulxonasi rasman ochildi

Foto: RIA "Novosti"

2018 yilning 14 mart kuni Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya) O‘zbekiston Bosh konsulxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi rahbari V.Zapevalov, shahar Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi S.Markov, Leningrad viloyati Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi A.Minin, o‘zbek diasporasining vakillari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

Marosimda nutq so‘zlaganlar Bosh konsulxona ochilgani chet eldagi yurtdoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek O‘zbekistonning Rossiya mintaqalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam ekanligini ta'kidladilar.

«Shahrimiz hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga katta e'tibor qaratmoqda, – deydi Sankt-Peterburg shahrining hokimi Georgiy Poltavchenko o‘z tabrigida. – Biz hamkorlikni kengaytirish, tashriflarni tashkil etishga o‘zaro intilishni va boshqa ko‘plab ikki tomon uchun ham manfaatli loyihalarni yuqori baholaymiz».

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi quyidagi manzilda joylashgan: Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy.

Mavzuga oid
Top