11:20 / 15.03.2018
38411

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib bordi va o‘z amaliy tashrifini boshladi.

Bugun Qozog‘iston poytaxtida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 

O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazadi, Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

Top