13:16 / 20.03.2018
60523

Toshloq tumani hokimi o‘zgardi

Farg‘ona viloyatida bir nechta tuman hokimlari o‘zgardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Saidmurod Aminjonov endilikda Dang‘ara tuman hokimi etib tayinlangan. Shu paytgacha tuman hokimi lavozimini egallab kelgan Shuhratjon Abdusalomov esa Toshloq tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Aqto‘be fojiasidan so‘ng, viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev tomonidan tanqid qilingan Toshloq tumani sobiq hokimi Halimjon Umarov ayni paytda Quva tumani hokimi etib tayinlandi. Quva tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Zokirjon Rahmonov nima sababdan ishdan bo‘shatilgani haqida rasmiy bayonot mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor davomida davlat rahbari Quva tumani sobiq hokimi Zokirjon Rahmonovni tanqid ostiga olib, «barcha sharoiti yetarli Quvada subventsiya darajasi pastligi» ta'kidlagandi.

Top