23:00 / 22.03.2018
50685

Toshkent shahar prokurori: 3 opa-singil halok bo‘lgani bilan bog‘liq jinoiy ish sudga oshirilgan

Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov 

2017 yil 8 noyabr kuni Toshkent shahri Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on MFYda istiqomat qiluvchi oilaning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi ketma-ket vafot etgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan edi. Ayni holat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi borasida tergov ishlari yakunlanib, sudga oshirilgan. Bu haqda Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov ma'lum qildi.

“Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni tugagan va sudga oshirilgan. Uni sud ko‘rib chiqmoqda”, - dedi Toshkent shahar prokurori Sherzod Obloqulov KUN.UZ muxbirining savoliga qisqa javob berar ekan. Sherzod Obloqulov, shuningdek sud hukmi chiqib, kuchga kirmaguncha boshqa izoh bera olmasligini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Beshqo‘rg‘on mavzei (Tansiqboyev-3)da yashovchi oilaning uch norasida farzandi ketma-ket vafot etgani haqida 11 noyabr kuni xabarlar tarqadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qo‘shnilarning so‘zlariga ko‘ra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan so‘ng qorinda og‘riq paydo bo‘lganini aytishgan. Keyin esa og‘riq qoldiruvchi dori iste'mol qilishgan. Biroq biroz vaqt o‘tgach, qizlarning ahvoli yanada og‘irlashib, ulardan birining joni «tez yordam» mashinasida uzilgan. Qolgan qizlarning ham ahvoli og‘ir bo‘lganligi sabab yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jo‘natilgan. Ammo, afsuski ular ham birin-ketin vafot etishgan. 

Mash'um fojia: Toshkentda bir oilaning uch qizi birin-ketin vafot etdi

Dastavval,Olmazor tumani prokuraturasi mazkur ish yuzasidan O‘zR JKning 186-moddasi 4-qismi "a" bandi, (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotish, saqlash yoki sotish, ishlarni bajarish yoxud xizmat ko‘rsatish, inson o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

Mavzuga oid
Top