16:43 / 26.03.2018
55513

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga harakat qilgan ikki shaxs halok bo‘ldi, yana bir kishi zaharlandi

Illyustrativ foto/deleysk.ru

Namangan viloyatining Pop tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 25 mart kuni soat 22.00larda Oybek MFY Bobur ko‘chasida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan B.R. uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan “I Phone” mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, shu ko‘cha 1985 yilda tug‘ilgan E.N.ni yordamga chaqirgan.

B.R. arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan, shunda E.N. B.R.ni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib u ham hushini yo‘qotgan, shundan so‘ng B.R.ning birga yashovchi otasi, 1956 yilda tug‘ilgan H.R. ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

E.N., B.R., H.R.lar FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.N. va B.R. zaharlanib voqea joyida halok bo‘lgani aniqlanib, H.R. esa kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib bormoqda.   

Top