12:50 / 01.04.2018
26254

Senat qo‘mitasiga yangi a'zo saylandi

2018 yilning 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 14 yalpi majlisida Rahmatulla Nazarov Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining a'zosi etib saylandi. Bu haqda TIV sayti xabar bergan.

Ilgariroq, 23 mart kuni Tashqi ishlar vazirligining ShHT tuzilmalari, shu jumladan Xitoy bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i - O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nazarov Navoiy viloyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a'zosi etib saylangan edi.

Mavzuga oid
Top